"Top 2 Viessmann Sotuvchilari +1" tanlovi g'oliblari

Tanlov 2024-yil 15-avgustda yakunlandi va juda qiziq kutilmagan natijalar qayd etildi. Birinchi o'rinni bir hil natija bilan ikkita ishtirokchi qo'lga kiritdi. Va ikkinchi o'rinni keyingi ishtirokchiga berishga qaror qildik! Shunda jami uchta g'olib aniqlandi.  

Barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi bosqichda bo'ladigan lotereya tadbirida omad tilab qolamiz!

Mutlaq g'oliblar:

1-o'rin:    S7859 - Rahimov Sherzod

                S7883 - Ismatov Sardor

2-o'rin:    S7857  - Rakhimov Dovud

  

Keyingi bosqich - uchinchi g'olibni lotereya oyini orqali aniqlash.  

Lotereya jarayoni 2024 yil 13 sentyabrda bo'lib o'tadigan tadbirda aniqlanadi.

Tadbir bo'ladigan joy:  

Shamsan Airport Hotel Mehmonhonasi

Manzil: Yangi Qo'liq ko'chasi, 1B, Toshkent

Web sahifa:  www.shamsan.uz  

Eslatib o'tamiz, 2 ta eng ko'p sotgan va lotereyada gʻolib chiqqan  1 ta sotuvchilari 2024-yil oxirigacha Viessmann zavodlari va madaniy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish uchun Allendorf va Berlinga bepul sayohat bilan taqdirlanadilar!  

  

Diqqat!

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni yakunlandi!

Germaniyaga sayohat yutug'i chiqmagan ishtirokchilar ham Viessmann kompaniyasi tomonidan 13 sentyabrda bo'ladigan tadbirda sovg'alar bilan taqdirlanadilar.