"TOP-2 Viessmann Sotuvchilari +1" tanlovi

"Viessmann" MChJ reklamalari haqidagi yangiliklari

Viessmann eng yaxshi Vitodens isitish qozoni Sotuvchilariga Germaniyaga sayohat taqdim etadi!

Agar Siz yuqori sifatli Vitodens isitish qozonlarini sotuvi bilan shug’ullansangiz, unda Siz Viessmann kompaniyasidan noyob sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo’lasiz!

2024-yil 1-fevral dan boshlab Viessmann kompaniyasi "Top 2 Viessmann Sotuvchilari +1" tanlovini eʼlon qilib, uning gʻoliblariga Germaniyaga 5 kunlik sayohatni mutlaqo bepul taqdim etadi!

Tanlov 2024-yilning 31-avgustida yakunlanadi va 2024-yil oxirigacha eng ko‘p Vitodens sotgsn ikki  nafar sotuvchiga  Viessmann zavodlari va madaniy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish uchun Allendorf va Berlinga bepul sayohat taqdim etadi! Ro’yhatdan o’tish sanasi 2024-yil 1-fevraldan 15-avgustgacha.

Biz ko'plab raqobatchilar ancha yuqori natijalarga erishishlari ehtimoli yuqori bo’lishini tushunamiz, va musobaqa yakunida ular kuchli ikkitalikka kira olmasligini ham inobatga oldik!

Shu sababli, kamida bitta Vitodens isitish qozonini sotgan mazkur tanlovning eng omadli ishtirokchilari uchun ham Germaniyaga yana bitta sayohat sovg’asini lotoreya yutug’i sifatida taqdim qilamiz!

Biz barcha tanlov ishtirokchilari uchun g'alaba qozonish imkoniyatlarini tenglashtirishga qaror qildik va har bir ro'yxatdan o'tgan sotuvchiga kompaniya mutaxassislaridan Vitodens isitish qozonlarini   tavsiya qilish argumentlari bo'yicha bepul dars taqdim etamiz.

Quyida “TOP-2 Viessmann Sotuvchilari +1” tanlovida ishtirok etish shartlari bilan batafsilroq tanishishingiz mumkin.

Viessmann oilasiga xush kelibsiz!

  

"TOP-2 Viessmann Sotuvchilari +1" Tanlovida ishtirok etish shartlari

Tanlovda qatnashish va sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun barcha ishtirokchilar quyidagi talablarni bajarish lozim:

1. Tanlovda faqat jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Barcha ishtirokchilar Viessmann.uz veb-saytida  ro'yxatdan o'tishi lozim.

2. Video orqali   Vitodens tavsiya argumentatsiyasi bepul darsini oling va bu haqida Viessmann kompaniyasiga xabar bering yoki Viessmann mutaxassisi taklifiga binoan treningdan o'ting.

3. Yakuniy iste’molchiga kamida bitta Vitodens qozonini soting, standartga muvofiq kafolat talonida ismingizni ko‘rsating va isitish qozonining sotilgani haqida Viessmann kompaniyasiga quyidagi misolga muvofiq @Viessmann_Uz_official telegram orqali xabar bering. Ishtirokchilarning natijalarini to’liq hisoblanishi uchun har bir sotilgan Vitodens qozon haqida xuddi shu belgilangan tartibda xabar qilinishi lozim.

Viessmann savdo hamkorlari va rasmiy xizmat ko'rsatish markazlari ro'yxati bilan viessmann.uz sayti orqali tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz, chunki bu Sizning g'alaba qozonish imkoniyatingizni sezilarli darajada oshiradi!

4. Tanlovning yakuniy sanasi - 31/08/2024.

Vitodens isitish qozonlarini eng ko'p sotgan 2 ta Sotuvchilar  Tanlov g'oliblariga aylanadi! Yana bitta bepul sayohat sovrini esa, kamida bitta Vitodens qozonini sotishga muvofaq bo’lgan tanlov Ishtirokchilarining qolgan qismidan tasodifiy tanlash yo'li bilan lotereya orqali o'ynaladi!

Tanlovning eng kuchli o'n nafar ishtirokchilari Viessmann logotipi tushirilgan uniformaga ega bo'ladilar!

Tanlov Ishtirokchilarni qiziqtirishi mumkin bo’gan savollarga avvaldan javob berib o’tamiz:

1. Sayohat qanday tashkil qilinadi va qachon bo'lib o'tadi?

1.1. Viessmann viza va yo’lkira narxini, shuningdek, Germaniyada turar joy to'lovlarini o’z zimmasiga oladi.

1.2. Germaniyaga sayohat muddati parvozlar jadvalini hisobga olgan holda 5-6 kun tashkil qilishi mumkin.

1.3. Germaniyaga sayohat sanasi tanlov yakunlanganidan so’ng qo’shimcha ma’lum qilinadi.

2. Ishtirokchilar qaysi resursda ro'yxatdan o'tadilar?

2.1. Har bir ishtirokchi 2024-yil 1-fevraldan boshlab viessmann.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi, @Viessmann_Uz_official telegramiga (+998971449090) yozib, tanlov ishtirokchisining ro‘yxatdan o‘tish raqamini olishi va shartlarning 2-bandida ko‘rsatilgan video darslikni diqqat bilan tamosha qilishi lozim.

2.2. Ishtirokchi tomonidan ro'yhatdan o'tilgan telefon raqami orqali, ularning barchasi tanlovga oid e'lonlar joylashtirilib boriladigan telegram kanaliga ro'yhatdan o'tgandan keyin qo'shiladi.

3. Videodars va tehnik ma'lumotlar qaysi resursda joylashtiriladi?

3.1. Ishtirokchilar qo'shilgan Telegram kanali har bir ishtirokchi tanishishi lozim bo'lgan kompaniya mutaxassislarining Vitodens tavsiya argumentlari bo'yicha video darslikni va boshqa ma'lumotlarni joylashtiradi.

4. Bajarilgan ishlar yuzasidan yuborilgan fotosuratlar qaysi resursga jo’natiladi?

4.1. Hisobot natijalari @Viessmann_Uz_official nikiga telegram orqali qabul qilinadi. Hisobotda quyidagi ma’lumotlar bo'lishi kerak:

4.1.1. Tanlovning har bir ishtirokchisi kafolat kitobidagi «Mahsulot ma’lumoti» va «Sotuvchi ma’lumoti»  bo‘limini ishtirokchining ro‘yxatga olish raqamini ko‘rsatgan holda to‘ldirishi shart. Ishtirokchi tomonidan  sotilgan har bir Vitodens qozoni bilan birgalikda kafolat kitobchasining fotosurati, va unda seriya raqami  aniq ko'rinishi lozim.

4.1.2. Yuqorida sanab o’tilgan ma'lumotlar hisobotga kiritilmagan holda, mazkur qozonni sotish natijasi  ishtirokchining umumiy reytingida hisobga olinmaydi.

MISOL:  

1. Sotuvchi uchun to'ldirilgan ma'lumotga ega Kafolat kitobchasining fotosurati.

2. Isitish qozonining va kafolat kitobchasining seriya raqamlari mosligi

5. G'oliblar qayerda yig'iladi va tanlovning boshqa ishtirokchilariga sovrinlar qanday tartibda topshiriladi?

5.1. Musobaqa g‘oliblari 3 guruhga bo‘linadi:

5.1.1. Top 2 Sotuvchilarning  birinchi guruhi Germaniyaga bepul sayohatga ega boʻladi.

Agar tanlov yakunida bir xil ko'rsatkichlar tufayli tanlov ishtirokchilari o'rtasida sotilgan qozonlarning soni munozarali (teng) bo'lib chiqsa, u holda isitish qozonlarini sotish bo'yicha 15 kunlik qo'shimcha saralash bosqichi faqat oxirgilar o'rtasida o'tkaziladi.

Qo'shimcha saralash bosqichi natijalariga ko'ra, ishtirokchilar orasidan tegishli sovrindorlar soni aniqlanadi. Natijalar teng bo'lgan taqdirda, qo'shimcha saralash bosqichida boshqa ishtirokchilardan yuqorida belgilangan tartibda o'z hisobotini oldinroq taqdim etgan ishtirokchi g'olib bo'ladi.

Ikkinchi guruh. Tanlovning qolgan barcha ishtirokchilari orasida bitta lotereya g'olibi - Germaniyaga sayohatni qo’lga kiritadilar;

5.1.2. Uchinchi guruh. Eng kuchli o'nlik sotuvchilariga - Viessmann logotipi tushirilgan uniforma taqdim etiladi.

5.2. G'oliblarga telegram orqali sovg'alarni olish taklifi bilan shaxsiy xabarnoma yuboriladi. Tanlov g‘oliblari bilan o’tkaziladigan uchrashuv joyi va sanasi viessmann.uz saytida oldindan e’lon qilinadi.

6. Ushbu tanlovda kimlar ishtirok eta olmaydi?

6.1. 2024 yil 1 fevral sanasiga qadar 18 yoshga to’lmagan shaxslar.

6.2. Yuridik shaxslar va «Viessmann» MChJ xodimlari.

Murojaat uchun telefonlar: +998 55 502 90 90, +998 97 144 90 90